Bosh sahifa

 «Perfect Paper Group» MCHJ kompaniyasi turli karton qog’oz mahsulotlari ishlab chiqaradi, jumladan karton qog’ozlari, gofra uchun karton qog’ozlar, gofra tekis qatlamlari uchun karton qog’oz, ip kalavasini o’rash uchun qog’ozli konuslar va qog’ozli gilzalar ishlab chiqarishdan iborat. Karton qog’oz ishlab chiqarishda ikkilamch xom ashyo makulaturadan foydalandi.
«PERFECT PAPER GROUP» mas’uliyati cheklangan jamiyati 2013 yilda asos solingan.
Kompaniya O’zbekiston Respublikasi hududida tara kartonini ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Mahsulotlar Gofra kartonini, qadoqlash qog’ozini, va ikilamchi xom ashyodan ishlab chiqariladigan kartonni o’z ichiga oladi. Tashkilot Toshkent viloyatida, Chinoz shahrining markazida joylashgan bo’lib, tashkilot hududining umumiy maydoni 6.5 gani tashkil etadi. Umimiy ishlab chiqarish maydoni 3600 m2 dan oshadi.
Barqaror rivojlangan holda, kompaniya qog’ozli qadoqlarni ishlab chiqarish salohiyatiga putur yetkazmay, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini tinimsiz oshirib bormoqda. Korxonamizdagi iqtidorli mutaxassislarimizning bilim va tajribalari mijozlarning buyurtmalarini ularning talabidan kelib chiqqan holda qisqa muddat ichida tayyorlashga zamin yarata oladi.
Oxirgi 3 yil ichida kompaniyamiz ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida qariyb 3.5 mln AQSH dollarlik investisiya kiritdi.
Ayni paytda «PERFECT PAPER GROUP» MCHJ bu tara kartonini, qog’oz konuslari va kartonli gilzalarni (vtulkalar, g’altaklar, patronlar) ishlab chiqaradigan  zamonaviy tashkilotdir.
Biz sizlarga karton qadoqlar bo’yicha noyob, nodir, iqtisodiy samarali  va innovasiyon yechimlarni taklif qilamiz.